«Men Boltonning kitobini öqimagan edim, ammo undan naşr etilgan parçalarga köra, sobiq maslahatçi öz kitobida bir qator yolğon da'volarni, töğridan töğri uydirmalarni tarqatgan va aksariyat hodisalarni boşqaça talqin qilib yozgan. Özining yolğon va uydirmalari bilan davlat obrösiga va jamoatçilik işonçiga putur yetkazgan Bolton xoinlik qilib amerikaliklarning işonçini suiiste'mol qilmoqda», degan Pompeo.

«Dunyodagi döstlarimiz Tramp boşçiligidagi AQŞ yaxşilikni közlovçi kuç ekanini bilişadi», deb qöşimça qildi davlat departamenti rahbari.

Juma kuni Vaşington sudi Adliya vazirligi taqdim etgan Donald Trampning milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Bolton tomonidan yozilgan «Bu voqea sodir bölgan xona: Oq uy memuarlari» (The Room Where It Happened: A White House Memoir) kitobini naşr etişni keçiktiriş haqidagi da'vosini körib çiqadi.

Tramp ma'muriyati Bolton öz kitobida oşkor qiliş taqiqlangan maxfiy ma'lumotlarni ham yozgan deb da'vo qilmoqda. Jon Bolton esa kitob qölyozmasi tegişli taşkilotlar nazoratidan ötganini ma'lum qilgan.

Boltonning kitobini çop etiş uçun şartnoma tuzgan naşriyotning ma'lum qilişiça, kitob allaqaçon çop etilgan va hududlarga tarqatilgan. Garçi kitob sotuvga çiqarilmagan bölsa-da, uni naşr etiş işlari töxtatilmaydi.

Sud muhokamasi arafasida bir qator naşrlarda Tramp keskin tanqid qilingan va Pompeoning özi Trampni tanqid qilgani haqida yozilgan kitobdan parçalar naşr etildi. Ularda xususan Trampning Buyuk Britaniya yadro quroliga ega ekanini bilmagani hamda Finlyandiyani Rossiya tarkibida deb öylagani haqidagi gaplar bor.