Ukraina boş vaziri Denis Şmigal mamlakatda koronavirusning ikkinçi tölqini boşlanganini aytdi.
Strana.ua naşrining xabar berişiça, Şmigal 19 iyunda mamlakatda koronavirusga çaliniş böyiça yangi antirekord qayd qilinganini, bir kun içida kasallanganlar soni mingga yaqinni taşkil qilganini ma'lum qilgan. Bunga esa odamlar virus yöqolib, kasallikka çalinişga boşqa imkon qolmadi, deb hisoblaşlari tufayli karantinga amal qilmay qöyganlari sabab deb körsatiladi.
“Biz bugun qoronavirus bilan kasallanişning navbatdagi, birinçimi yoki ikkinçimi, qanday istasangiz şunday atang, yangi tölqin boşlanişi oldida turibmiz”, deb aytgan Ukraina boş vaziri.
Şmigalning ta'kidlaşiça, koronavirusni yengişning yagona yöli – ijtimoiy masofaga, dezinfeksiyalaşga va niqob taqiş rejimiga rioya qiliş hisoblanadi.
“Koronavirusning yangi qurbonlari, kasallik ösişining yangi tölqini bu yolğon, öylab topilgan narsa emasligiga signal bölişi kerak. Bu har birimizning yonimizda yurgan xavfdir”, deb ta'kidlab ötgan Ukraina boş vaziri.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Ukrainada ayni vaqtda koronavirusga çalinganlar soni 34 mingdan oşib ketdi, undan vafot etganlar soni 985 nafarni taşkil qilmoqda. Sönggi sutkada mamlakatda 921 ta yangi kasallaniş holati qayd etilgan.













