Worldometer portali ma'lumotlariga köra, dunyoda koronavirusga çalinganlar soni 9 mlndan oşdi. Bundan taşqari, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti sönggi sutkada dunyo böyiça rekord sonda kunlik ösiş qayd qilinganini ma'lum qilgan. 

Portalda berilgan oxirgi ma'lumotlarga köra, dunyo böyiça koronavirusga çalinganlar soni 9,046 mlndan, undan vafot etganlar soni 470 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.

21 iyunda JSST rekord darajada kunlik ösişni qayd qilgan. Bir kun içida dunyo böylab 183020 ta yangi kasallaniş holati qayd qilingan, 4743 kişi vafot etgan.  

JSST bundan eng köp kasallaniş holatini (116 mingdan köproq) Şimoliy va Janubiy Amerikada qayd qilgan. Şuningdek, 20 iyunda AQŞning bir neçta ştatlarida rekord darajada kunlik ösiş qayd qilingan.

Avvalri rekord kunlik ösiş 106 mingtani taşkil qilib, 20 may kuni qayd qilingan.

Worldometer ma'lumotlariga köra, ayni vaqtda koronavirusga çaliniş holatlari böyiça AQŞ 1-örinni (2,356 mlndan köproq), Braziliya 2-örinni (1,086 mlndan köproq) va Rossiya 3-örinni (584 mingdan köproq) egallamoqda.