Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 2020-2021 o‘quv yilida ham variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlari davom ettiriladi. Shu bilan birga, tanlov yo‘nalishlari soni oshiriladi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilining uchinchi choragidan boshlab, tajriba sifatida 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o‘qitila boshlandi.

Bildirilishicha, variativ o‘quv rejalarini joriy qilishdan maqsad o‘quvchilarning o‘zi qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishini ta'minlash va yuqori sinflarda o‘quv jarayonini kasblarga yo‘naltirilgan holda tashkil etishdan iborat.

Variativ o‘quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo‘lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o‘qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.

Xalq ta'limi vazirining “Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida variativ o‘quv rejalarni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur buyruqqa asosan 2019-2020 o‘quv yilida variativ o‘quv rejalari joriy etgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan tajriba-sinov yo‘nalishi yangi 2020-2021 o‘quv yilida ham davom etadi.

Qabul qilingan buyruqqa ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada belgilangan umumiy haftalik dars soatlari hajmi saqlanib qolinadi.

Respublika ta'lim markazi joriy yilning 1 avgustiga qadar variativ o‘quv rejalar bo‘yicha namunaviy taqvim-mavzu rejalarni ishlab chiqaradi.

Yangi o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktabining 7-, 8- va 9-sinflarida ham tanlov sinfini tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda. O‘tgan o‘quv yilida tanlov sinflari 10-11-sinflar uchun joriy etilgan edi. 7-, 8- va 9-sinflarida ham o‘quvchilar veb-frilans bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlov sinflari yo‘nalishi 5 tadan 12 taga oshirilmoqda:

birinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - xorijiy til va filologiya yo‘nalishi;

ikkinchi yo‘nalish: 10-11-sinf uchun - moliya – iqtisod yo‘nalishi;