Apple kompaniyasi WWDC 2020 körgazmasida iPhone uçun yangi operatsion tizimini namoyiş etdi.

iOS 14 yangilangan vidjyetlarga ega bölgan, ularni iPhone iş stollaridan birida töğridan-töğri joylaştiriş mumkin. Vidjyetlarni sozlaş va ularni joylaştiriş uçun kerakli joyni tanlaş mumkin.
Bundan taşqari, kompaniya App Library funksiyasini ham taqdim etdi. Bunda ilovalar bölimlarga muvofiq tarzda avtomatik ravişda joylaşadi.
Şuningdek, tadbir davomida iPad, Mac, Apple Watch va Apple TV uçun möljallangan yangi operatsion tizimlar namoyiş etildi. Barqaror iPadOS 14, macOS 10.16, watchOS 7 va tvOS 14 versiyalarini kuzda oliş mumkin böladi.
Ötgan yilgi WWDC körgazmasida Apple iOS 13, yangilangan Mac Pro, Apple Watch uçun yangi funksiyalarni taqdim etgan va Mac kompyuterlari uçun iTunes’ni yöq qilgandi.











