Ta'kidlanişiça, yapon superkompyuteri sanoatda, sun'iy ong sohasida va katta raqamlarni tahlil qilişda eng yaxşi körsatkiçlarni namoyiş qilgan. Kompyuter bir soniyada 415 kvadrillion (1 kvadrillion 1000 trillionga teng) amalni bajara oladi. Bu esa 2019 yil nobyardan beri reytingda birinçi örinni egallab kelgan, AQŞning Ok-Rijdagi milliy laboratoriyasida örnatilgan “Sammit” superkompyuterining tezligidan 2,8 barobar köproqni taşkil qiladi. 

“Fugaku” may oyida Kobe şahridagi tabiiy fanlar institutining kompyuter tadqiqotlari markaziga yetkazilgan. U töliq quvvat bilan 2021 yil apreldan işlaşi kutilmoqda. Hozirça qurilma boşqa vazifalar bilan bir qatorda koronavirusga qarşi turli vositalarni işlab çiqişda qöllanmoqda.