Vazirlar Mahkamasi tomonidan 19.06.2020 yildagi “2020/2021 öquv yili uçun “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toşkent şahridagi filialiga öqişga qabul qiliş töğrisida”gi 393-son qaror qabul qilindi.

“MMFI” MTYaU filialida 2020/2021 öquv yili uçun bakalavrlarni tayyorlaş böyiça qabul kvotasi 100 örin miqdorida belgilandi. Bunda öqitiş davlat granti asosida amalga oşiriladi.

Norma’ning yozişiça, har bir yönaliş uçun 25 ta örindan iborat kvotalarning teng miqdori nazarda tutiladi:

“Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”;

“Yadro fizikasi va texnologiyalari”;

“Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi”;

“Elektroenergetika va elektrotexnika”.

Filial Prezidentning 20.07.2018 yildagi PQ-3875-son qarori bilan taşkil etilgan. Yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlarini qondiriş uçun eng muhim ilmiy-texnologik işlab çiqariş vazifalarini hal etişga qodir bölgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlaş uning faoliyatining asosiy yönalişi hisoblanadi.

Hujjat 19.06.2020 yildan kuçga kirdi.