Kun.uz tahririyatiga 10-sonli Yakkasaroy tumani tez tibbiy yordam bölimining koronavirus infeksiyasiga qarşi taşkil etilgan maxsus brigadasi vraçi Baxronov Şerali Muxiddinoviçdan qöşimça tölovlar tölanmayotgani borasida murojaat kelib tuşdi.

Tibbiyot xodimi öz murojaatida quyidagilarni ma'lum qiladi:

«2020 yilning 31 martidan 20 iyunigaça koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölib, ularni Virusologiya klinikasi, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti klinikasi, TTA 2-klinikasi, 1-sonli şahar klinik şifoxonasi hamda Terapiya va reabilitatsiya ilmiy-amaliy tekşiriş markaziga bevosita yotqizişda iştirok etdim. Ammo, Prezidentimizning 2020 yil 19 martdagi PF-5969 sonli Farmoni xamda 2020 yil 26 martdagi PK-4652 sonli qarori va Respublika Maxsus komissiyasining 2020 yil 30 apreldagi 20-sonli yiğiliş bayonnomasi bilan tasdiqlangan vaqtinçalik nizomga asosan haligaça 6 foizlik qöşimça tölov va maxsus tölovni ololganimiz yöq».

Şuningdek, u mazkur masalada Prezident portaliga ikki marta murojaat kilganini, biroq heç qanday ijobiy natija bölmaganini ta'kidladi.

Darhaqiqat, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli Farmonining 17-bandida Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boşqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoşiga 6 foiz miqdorida har kunlik qöşimça tölovlar joriy qiliş topşirilgan edi.

Bundan taşqari, prezidentning 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-sonli qarorida koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirişadigan vraç xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uçun 25 million söm (soliqlardan taşqari) maxsus qöşimça rağbatlantiriş tölovi amalga oşirilişi belgilangandi. Şuningdek, qarorda mazkur xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi mablağlari hisobidan amalga oşirilişi nazarda tutilgan edi.

Hozirça uşbu vaziyat böyiça rasmiy idoralardan izoh olib bölmadi.

Umid qilamizki, mas'ul idoralar tez orada bu masalaga e'tibor qaratib, koronavirusga qarşi kuraşga jalb qilingan tibbiyot xodimlariga qöşimça va maxsus tölovlar tölanişini ta'minlab berişadi.