Ikki akasining ortidan frontga jönagan vodillik Orifjon ota Möminov uruş dahşatlari haqida eslaydi. U uruşda tankçi bölib xizmat qilgan.
Orifjon ota Möminov 1924 yilda Farğona tumani Vodil qişloğida tuğilgan. 1943 yilda akalari ortidan uruşga jönagan. 1950 yilda uruşdan qaytib kelib 40 yil kolxozda traktorçi bölib işlagan. Oila qurib 15 nafar farzand tarbiyalagan. 42 nevara, 54 çevara va 2 everaning bobosi. U uruş damlarini şunday xotirlaydi:
“1943 yil dekabrda ketganman, şu bilan uruşga kirdik. Akalarimni axtarib Moskvaga bordim diviziyaga. Çunki ikki akam mendan avval jangga otlangandi. Ularga vatanga qaytib keliş nasib etmadi.

1941 yilda Vodil, keyin esa Oltiariqda öqidim, uruşda tank minasan, deyişdi. Rostdan ham tankçi böldim. General Sobir Rahimov bilan bir safda jang qildik.
Uruş maydoniga kirib bordik. Katta yalanglik, köz oçib bölmaydi, nemis tanklari biri qöyib biri otyapti. Yigitlarga boşlaringni kötarmanglar dedim-da, tutun çiqaruvçi snaryad otdim. Öşa yerlarni rossiyaliklar 3 ta diviziya bilan ham ololmagan ekan.
Biz tankda ketayotganimizda yölda çiqib qolgan yarador nemislarni kasalxonalariga olib borardik, nemislar esa bosib ketardi ayab ötirmasdan, bolalarni ham öldirişgan. Öşa jangda 21 ta snaryad otdim. Pulemyotlar tinimsiz otayotgandi, şundan keyin jimib qoldi. Keyin olğa yurib, hududni egalladik. Harbiy bazani ham oldik. Şu ketişda Berlingaça borganmiz.
Jamoada 4 nafar qadrdon tankçi döstlarim bor edi, lekin ularning barçasi öldi, bitta men omon qoldim.
Köp davlatlarda böldim. Birida öliklarni yoqişyapti, boşqasida esa suvga oqizişyapti, çetda şunaqa ekan. Özbekiston xalqi esa yetim qolgan bolalarni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Öşalarning savobi ham tegib şu kunlarga yetdik».
Orifjon ota Möminovning nevara kelini Nafisa Döstmatova bobosining 100 yoşda ham tetik yurişiga sabab bölgan jihatlarni sözlab berdi.
«Bobom, aslida, 1924 yilda tuğilgan. Otalari yoşini kiçikroq qilib hujjat olgan, çunki akalari uruşda vafot etgan. Lekin uruşga borganlar, omon qaytganlar.









