Bugun general-mayor Sobir Rahimov haykalining tarixiy joyiga örnatilişiga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi. 

Tadbirda faxriylar, yoşlar, Toşkent şahar hokimiyati vakillari, va generalni xotirlaş uçun yiğilgan harbiylar iştirok etgan. 

Avvalroq, General Sobir Rahimov haykali avvalgi joyiga qaytarilişi xabar berilgandi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida ötkazilgan yiğilişda şu haqda aytgandi. “Mana, 9 may yaqinlaşib kelyapti. Meni qiynab kelayotgan yana bitta masala bor. Şafqatsiz faşizm bilan kuraşda uruş maydonlarida qolib ketgan buyuk bobolarimiz bor. Şularni içida birgina bölgan general Sobir Rahimovning nomini eslamay ham qöydik. Mana şu qahramon generalimizning haykalini tarix va adolat uçun tiklab qöysak. Bu iş 9 maygaça amalga oşirilsa yaxşi bölardi”, - degandi prezident.