Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda B2C (Business to Client) transchegaraviy xaridlar uchun faol o‘sib borayotgan ZoodMall ilovasi investitsiya seriyalarining A raundi doirasida 10 million dollar jalb qildi.
- ZoodMall ilovasi Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z ishtirokini kengaytirmoqda va yangi 4 ta bozorga kirib bormoqda.
- ZoodMall yangi “Hozir xarid qil, keyin to‘la” ZoodPay to‘lov xizmatini ishga tushirmoqda.
B2C bozori uchun faol o‘sib borayotgan, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda faoliyat yurituvchi ZoodMall marketpleys ilovasi, A seriyasi doirasida 10 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish raundi yakunlanganini e'lon qiladi.
Hozirgi kunda xaridlar ilovasi O‘zbekiston, Iroq, Livan, Qozog‘iston va Ozarbayjonda faoliyat olib boradi. Kompaniya 10 million AQSh dollarini Iordaniya, Quvayt, Bahrayn va Saudiya Arabistonida ZoodMall'ning hududiy ishtirokini kengaytirishga sarflaydi.
Google Play va App Store'da mavjud bo‘lgan ZoodMall xaridlar ilovasi turli davlatlardan hamyonbop va yuqori sifatli mobil telefonlari, kiyim-kechak, aksessuarlar, kosmetika, uy va bog‘ uchun tovarlar, bolalar uchun o‘yinchoqlar, shuningdek 30 000 dan ziyod sotuvchilardan mahalliy brend tovarlari kabi 4 milliondan ziyod tovarlarni taklif qilmoqda.
ZoodMall hududiy marketpleys modeli til, to‘lov usullari va logistika cheklovlarini bartaraf etib, xaridlarning ilk mahalliylashgan tajribasini taqdim etadi va shu bilan o‘z maqsadli bozorlarida xizmatlar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan foydalanuvchilar uchun, mobil telefonlari orqali uzluksiz va samarali ish faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
ZoodMall'ning bosh direktori Maykl Xoy:

















