Norma 2021 yil 1 yanvardan joriy etiladigan özgartirişlar haqida batafsil töxtalib ötdi.
1. «Uzbekistan – my second home» («Özbekiston – mening ikkinçi uyim») immigratsiya vizasining yangi turi. Maqsad – mamlakatimizning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun zarur bölgan salmoqli kapital, yuqori akademik bilimlar yoki öziga xos könikmalarga ega şaxslarni Özbekistonda doimiy istiqomat qilişga jalb etiş.
2. Joylaştiriş vositalarining bandligini monitoring qiliş va turistik yiğimlarni töliq tuşumi ustidan kameral nazoratni amalga oşiriş uçun Turistik yiğim hisobini yuritişning yagona tizimi taşkil etiladi. U xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning mamlakat hududida bölişini nazorat qiliş imkoniyatini yaratadi.
3. «Ğiştköprik» (Toşkent viloyati) va «Xayraton» (Surxondaryo viloyati) xalqaro nazorat ötkaziş punktlarida «Fast track» xizmati – çegaradan tezkor ötiş mexanizmi joriy etiladi. Xususan, quyidagilarni taşkil etiş nazarda tutilgan:
avtotransport vositalarida çegarani kesib ötayotgan jismoniy şaxslarning navbatdan taşqari pasport va bojxona nazorati jarayonlarini tezlaştirgan tartibga amalga oşiriş uçun alohida yölak;
jismoniy şaxslarning dam olişi va hordiq çiqarişi uçun şart-şaroitlar, şu jumladan onalar va bolalar xonalari, ovqatlaniş şoxobçalari hamda tijorat banklari filiallarini taşkil etiş va valuta ayirboşlaş uçun bankomatlar örnatgan holda VIP-zallar.
«Fast track» xizmati pullik asosda, çegarani kesib ötişdan oldin 90 kun mobaynida oldindan tölov qiliş yoki mobil ilovalar orqali tölaş imkoniyatini yaratgan holda amalga oşiriladi.
Boşqa xalqaro nazorat-ötkaziş punktlarida «Fast track» xizmati ularning ötkaziş oqimini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan grafik asosida joriy etiladi.
Hujjat 20.06.2020 yildan kuçga kirdi.












