Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkazişda yuridik şaxslar – tadbirkorlik sub'yektlariga ham ruxsat beriş böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1010 sonli hamda 2019 yil 15 fevraldagi 136 sonli qarorlari qabul qilingan edi.
Joriy yilning 24 iyun kuni tadbirkorlar va YPX xodimlari bilan birga bölib ötgan yiğilişida bir qança özgartirişlar kiritilganligi ma'lum qilindi.
Unga köra, yuqoridagi qaror böyiça Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati bölinmalarining jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş böyiça funksiyalarini yuridik şaxslar-tadbirkorlik sub'yektlariga bosqiçma-bosqiç ötkazişni boşlaş sanasi 2019 yil 1 yanvardan 2021 yil 1 yanvarga özgargani nazarda tutilgan.
Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkazişda amalga oşirilayotgan işlar va xizmatlarning xavfsizligi va sifatini ta'minlaş maqsadida, transport vositalarining texnik holatini tekşiriş uçun möljallangan işlab çiqariş-texnik baza joylaştiriladigan xona va maydonlarga doir bir qança talablar belgilangan.
Talablarda, texnik xizmat körsatiş stansiyalari, tadbirkorlik sub'yektlari – yuridik şaxslar tomonidan transport vositalarining texnik holatini baholaş uçun möljallangan işlab çiqariş-texnik baza (laboratoriyalar) joylaştirilgan xona va maydonlarning texnik normalari belgilangan. Bunda 16 turdagi zarur texnik diagnostika vositalariga ega bölişi lozim.
Işlab çiqariş-texnik baza belgilangan tartibda akkreditatsiyadan ötkazilgan, transport vositalarining texnik holatini texnika jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablarga muvofiqligini baholaşni taklif etiş va ötkaziş uçun tegişli texnologik, sinov jihozlari va ölçaş vositalari bilan ta'minlangan bölişi kerak. Hozirça avtomobillarni diagnostika qiliş stansiyalarida faqatgina M1 toifadagi transport vositalarini texnik körigini amalga oşiriş mumkinligi aytildi.











