Qayd etilişiça, "Özavtosanoat" AJ va "Folksvagen Grupp Rus" MÇJ örtasida 2020 yil 2 mart kuni "Jizzax avtomobil zavodi" MÇJ negizida "Özbekistonda yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş" investitsiya loyihasida "Folksvagen" kompaniyasining bosqiçma-bosqiç iştirok etişini nazarda tutuvçi hamkorlik töğrisidagi bitim imzolangan.
"Özavtosanoat" AJ, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Moliya vazirligining investitsiya loyihasini amalga oşirişni davom ettiriş böyiça "Folksvagen" kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan va quyidagilarni nazarda tutuvçi konsepsiyani ma'qullaş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi:
a) birinçi bosqiçda 2020-2021 yillarda:
bozorni örganiş hamda marketing tahlilini ötkaziş maqsadida "Folksvagen" va "Şkoda" markalaridagi tayyor avtomobillarni yetkazib berişni taşkil qiliş;
"Folksvagen” kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda "Jizzax avtomobil zavodi" MÇJ xodimlarini yirik uzelli avtomobillarni yiğiş böyiça öqitişni taşkil etiş;
"Folksvagen Keddi” modelini yirik uzelli yiğişni taşkil etiş maqsadida butlovçi qismlarni yetkazib beriş;
mamlakatning barça hududlarida dilerlik tarmoği va servis xizmatlarini körsatiş stansiyalarini taşkil etiş;
b) ikkinçi bosqiçda 2022 yildan boşlab yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini işlab çiqarişning töliq siklini özlaştiriş.
Quyidagilar davlat xaridlarining maxsus axborot portalida Moliya vazirligi tomonidan şakllantiriladigan Yagona yetkazib beruvçilar reyestriga tegişliça kiritilgan holda yagona yetkazib beruvçilar sifatida belgilandi:
iştirokçisi (aksiyadori) "Özavtosanoat" AJ bölgan işlab çiqaruvçi korxonalar - ular tomonidan avtomobil sanoati uçun işlab çiqariladigan mahsulotlar böyiça;
avtomobil mahsulotlarining asl işlab çiqaruvçisi yoki lisenziari tomonidan belgilangan yoki ma'qullangan yoxud tavsiya etilgan yetkazib beruvçi taşkilotlar - uşbu bandning ikkinçi xatboşisida körsatilgan korxonalar uçun tovarlarni (işlarni va xizmatlarni) yetkazib beriş böyiça;
avtomobil mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça hadli, litsenziyaviy, investitsiyaviy yoki boşqa bitimlar, sanoat namunalarini işlab çiqiş va loyihalaş, avtomobil mahsulotlarini işlab çiqarişni taşkil etiş loyihalarini amalga oşirişda texnik kömak beriş töğrisidagi bitimlarga muvofiq avtomobil mahsulotlarini işlab çiqarişda foydalaniladigan tovarlar (işlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvçi taşkilotlar - uşbu bandning ikkinçi xatboşisida körsatilgan korxonalar uçun tovarlarni (işlarni va xizmatlarni) yetkazib beriş böyiça.












