Ayni vaqtda Vaşington ma'muriy nuqtayi nazardan birorta ştat tarkibiga kirmaydigan Kolumbiya federal okrugi hisoblanadi.
Quyi palata spikeri Nensi Pelosi matbuot anjumanda okrug maqomining pastligini “jiddiy adolatsizlik” deb atagan. “Ertaga demokratiyamizga qarşi turgan uşbu adolatsizlikni töğrilaymiz”, deb keltirgan spikerning sözlarini Fox News telekanali.
Uşbu taşabbus homiylari sifatida Demokratik partiyadan kongressmenlar çiqmoqda. Ularning ta'kidlaşiça, poytaxt aholisi öz fuqarolik burçlarini sidqidildan bajaradi, biroq şu bilan birga federal kongressga öz vakillarini saylaş imkoniyatiga ega emas. Bu boradagi qonun loyihasi demokratlar köpçilikni taşkil qiladigan quyi palatada ma'qullanişi, biroq respublikaçilar köpçilikni taşkil qilgan senatda rad etilişi kutilmoqda. Oq uyda esa har qanday vaziyatda ham qonun loyihasiga veto qöyilişi aytilgan.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp New York Post naşriga bergan intervyusida Vaşington 100 foiz demokratlarga tegişli ekanini aytgan va uning ştatga aylantirilişi uçun faqat “ahmoq respublikaçilargina” ovoz berişi mumkinligini ta'kidlab ötgan.












