Endilikda xorijiy mutaxassislar alohida röyxat asosida Rossiyaga bir marta kirişlari mumkin böladi. Bu röyxatni xorijiy mutaxassislarni işga yollagan taşkilot yoki xizmatlar buyurtiruvçisini nazorat qiluvçi tegişli vazirlik Federal xavfsizlik xizmati yoki içki işlar vazirligiga jönatişi lozim. Bunda xorijiy mutaxassisning Rossiyaga kelişi sanasi va u çegaradan ötadigan punkt körsatilişi lozim. Mutaxassisning yonida iş beruvçi bilan amaldagi mehnat şartnomasi bölişi kerak.
Rossiya koronavirus pandemiyasi sababli mart örtalaridan xorijliklarning kirişini taqiqlab qöygandi. Şundan keyin maşinasozlik kompaniyalari va oziq-ovqat işlab çiqaruvçilari mutaxassislar yetişmovçiligi muammosiga duç kelişgan. Aprel oxirida Rossiya hukumati murakkab texnik qurilmalarga servis xizmat körsatuvçi va ularni örnatuvçi xorijiy muhandislar uçun mamlakatga kirişga taqiqlovni bekor qilgan. Biroq yirik biznes vizalar va işlaşga ruxsatnomalarning rasmiylaştirişidagi murakkabliklardan şikoyat qilgan.
Avvalroq, iyun boşida Rossiyada davolanmoqçi bölgan xorijliklarga mamlakatga kirişga ruxsat berilgan. Şuningdek, bemor bölib qolgan yaqin qarindoşlarini parvarişlaşi kerak bölganlarga ham kirişga taqiqlov olib taşlangan.












