Berni Ekklstoun AQŞdagi namoyişçilarning yodgorliklarni buzib taşlaşga urinişini qoraladi.

«Formula-1»ning faxriy prezidenti Berni Ekklstoun irqçilik töğrisida fikr bildirdi. Uning sözlarini CNN telekompaniyasi keltirib ötdi.

«Aksariyat hollarda qora tanlilar oq tanlilarga nisbatan köproq darajada irqçi bölişi mumkin. Namoyişçilarning barça yodgorliklarni buzib taşlaşga urinişi butunlay ahmoqlik. Undan köra ular bu yerga farzandlarini olib kelib, ularga nima uçun bu insonlarga yodgorlik qöyilgani va ular hayotda nimalar qilişganini aytib berişsa yaxşi bölardi», — dedi «Formula-1»ning sobiq rahbari.

May oyi oxiridan beri AQŞ hamda Yevropada afroamerikalik Jorj Floydning ölimi sababli norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Namoyişçilar uşbu voqeada politsiya va jamiyatdagi irqçilik ğoyalarini ayblamoqda. Oxirgi haftalarda sodir etilgan tartibsizliklar davomida AQŞda ayrim tarixiy şaxslarga atab tiklangan yodgorliklar buzib taşlandi.

Ekklstoun «Formula-1»ga 40 yil davomida rahbarlik qilgan. U 2017 yil yanvarda lavozimini tark etgan.