Özbekistonda matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni aynan 27 iyun sanasida nişonlanişining öz mohiyati bor. Bundan 114 yil avval – 1906 yilda ma'rifatparvarlar vakili Ismoil Obidiy tomonidan Turkiston ölkasidagi ilk gazeta – «Taraqqiy»ga asos solindi. Gazetaning atigi 20 soni çiqib, rus hokimiyati tomonidan yopilgan bölsa-da, xalqni ma'rifatli qiliş, siyosiy erkinlikka intiliş, ta'limni rivojlantiriş harakati uçun boşlanğiç nuqta bölib xizmat qiladi.

Kun.uz milliy matbuotning şakllanişi va şöro tuzumi tomonidan ta'qib etilişi, 72 kun yaşagan Turkiston muxtoriyati, ziyolilar qatağoni haqida tarixçi Bahrom Irzayev bilan suhbatlaşdi.

«Taraqqiy» – jadid va milliy matbuotning otaxoni

Jadid matbuoti otaxoni 1906 yilda Ismoil Obidiy tomonidan ta'sis etilgan «Taraqqiy» gazetasi hisoblanadi. Gazetaning juda maşhur bölib ketgan birinçi sonida «Toşkent. 14 iyun» maqolasi çop etilgan bölib, unda muharrir naşrning maqsadi va vazifasi haqida tuşuntiriş beradi. «Turkiston eli öz maqsadlariga erişişi uçun eng avvalo içki nizolarga barham berişi kerak», deb yozadi Obidiy.

«Taraqqiy»da töğridan töğri siyosiy ruhdagi maqolalar berilgan emas. Çunki muharrir avvaldanoq siyosiy mavzularga aralaşmayman, deb rasmiylarga söz bergan edi. Ammo gazetaning keyingi sonlarida siyosat bilan boğliq masalalar ham kötariladi. Xususan, Fansurolloh Xudoyorxon muallifligidagi maqolada «ehtiyojmand oilalarning farzandlarini öqitiş uçun xayriya jamiyatlari tuzilişi kerak», degan fikr örtaga taşlanadi.

Bahrom Irzayev

Jadidlarning közga köringan namoyandalaridan biri Munavvarqori Abduraşidxonov «Bizning jaholat – jahli murakkab» sarlavhali maqolasida xalq orasidagi bid'at, xurofot odatlari tanazzulga xizmat qilayotganini ta'kidlaydi.

Ammo gazeta köp yaşamaydi – turli çaquv va böhtonlar oqibatida, 20ta soni çiqqaç yopiladi, muharrir esa qamoqqa olinadi.

Şu yilning dekabr oyida Munavvarqori Abduraşidxonov «Xurşid», Abdulla Avloniy «Şuhrat», Ahmadjon Bektemirov «Osiyo» gazetalarini taşkil etib, yölga qöyişadi. Ammo ularning barçasi 5-6ta soni çiqqaç, faoliyati töxtatilgan. Gazetalar saqlanib qolmagan.