«Matç» telekanali rasmiy sayti «Siz tanişişingiz şart bölgan Rossiya Premer-ligasining bölajak yulduzi» - sarlavhasi ostidagi maqolasida «Ufa» klubi safida töp surayotgan 19 yoşli özbekistonlik yarimhimoyaçi Oston Örunov bilan suhbatni e'lon qildi. Monolog şaklidagi intervyuda Örunovning futbolga kirib kelişi, keçinmalari, oilasi hamda orzu va maqsadlari haqida hikoya qilingan.

200 ming yevrolik transfer

«Ufa» yaqin yillarda Yevropaning katta klublarida töp surişi kerak bölgan hali sayqallanmagan yangi «olmos»ni topib oldi. Bu – Oston Örunovdir. 19 yoşli özbek iqtidori qişki transfer oynasida 200 ming yevro (ayrim manbalarda 150 ming) evaziga Toşkentning «Lokomotiv» klubidan Rossiyaga keldi.

Oston 19 yoşga kirgan bölsa-da, allaqaçon 50dan ortiq öyinlarda maydonga tuşib, Özbekistonning 2019 yildagi eng yaxşi yoş futbolçisi nomiga sazovor böldi, ösmirlar, yoşlar va hattoki mamlakat milliy jamoasida debyutini ötkazişga ulgurdi. U rus tilida hali burro gapira olmasa-da, Premer-liga bahslarida raqibga qarşi öziga işongan holda driblingga kirişa oladi.

«Paxtakor»da öynaşni istamayman, uyga qaytaman...»

– Özbekistonning Navoiy şahrida tuğilganman – kiçik, ammo juda çiroyli. U yer ozoda va yaxşi şahar, – deya gap boşladi Oston.

– Futbol öynaşni köçada boşlaganman. Har kuni 3 soatdan töp tepardik. Maydon bölmasa-da, ajoyib damlar edi. Asfalt ustidan öynardik.

9 yoşimda otamdan meni futbol maktabiga olib borişini söradim. Dadam – juda mehribon, heç qaçon qattiq tergamagan. Tabiatan biroz jizzakiroq bölganman. Köça bolasi bölib, doim muştlaşib yurardim. Qolaversa, 1-2 yil karateda qatnaganim bois, gohida özimni körsatişga uringanman. Hozir esa öz ança bosildim.

Maktabda öqib yurganimda şahar terma jamoasiga qabul qilinib, Farğonadagi turnirda qatnaşadigan böldik. Musobaqada «Paxtakor» akademiyasi seleksioner murabbiylari e'tiboriga tuşganman va 12 yoşimda uydan 450 kilometr uzoqqa köçişimga töğri kelgan. Bu juda katta sinov bölgan. Gohida ota-onamni soğinib yiğlardim, qönğiroq qilib meni uyga qaytarib olib borişlarini sörardim. «Paxtakor»da öynaşni istamayman, uyga qaytaman», deb xarxaşa qilganman. Keyinçalik esa orzuing uçun sabr qiliş kerakligini tuşunib yetdim.