«Surxondaryo viloyat Denov şahrida vafot etgan bir nafar bemorda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.

Ma'lum bölişiça, Denov şahrida yaşagan, 1961 yilda tuğilgan marhum bemor B.X. sönggi 5 yildan buyon ikki tomonlama öpkaning ötkir bronxopnevmoniyasi taşxisi bilan davolanib kelgan. Şu yilning 19 iyun kuni bemor (ayol) murojaatiga köra, olingan namunada koronavirus infeksiyasi mavjudligiga gumon qilingan va bemor tez yordam maşinasida tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.

Şifoxonada bemorga «Ikki tomonlama ötkir bronxopnevmoniya. Ötkir yurak va öpka yetişmovçiligi oğir darajasi, koronavirus infeksiyasiga gumon» taşxisi qöyilgan. Bundan taşqari, bemorda «Öpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali piyelonefrit, kamqonlikning örta oğir darajasi» yondoş kasalliklar taşxisi ham qöyilgan.

Bemorga körsatilgan tezkor tibbiy yordam va reanimatsion muolajalarga qaramasdan u yurak-qon tomir va öpka yetişmovçiligidan vafot etgan.

Respublika sanitariya-epidemilogik osoyiştaligi agentligining maxsus referens laboratoriyasi xulosasiga köra, marhumdan olingan namunada  koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. U bilan muloqotda bölgan oila a'zolari, yaqinlari va boşqa fuqarolar qat'iy karantinga olingan bölib, uşbu holat yuzasidan epidemiologik suruştiruv işlari olib borilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib ötamiz, 21 iyun kuni Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi Baxtiyor Ibatov tuman aholisiga murojaatida 20 iyun kuni tumanda bir kişi koronavirusdan vafot etgani haqida ma'lum qilgan, ammo bu xabar köp ötmay tuman hokimligining telegramdagi kanalidan öçirib yuborilgandi.

Özbekistonda koronavirus bemorlari ölimi bilan boğliq holat oxirgi marta 10 iyun kuni kuni Toşkentda qayd etilgandi.

Şu vaqtgaça Toşkentda 11, Namanganda 4, Samarqandda 2, Farğona va Surxondaryoda bittadan ölim röy bergandi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2286 nafar bemordan 14 nafari oğir, 5 nafari esa öta oğir ahvolda.