AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod Pokiston, Qatar va Özbekistonga taşrif buyurib, Afğonistondagi tinçlik jarayonini muhokama qiladi. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti xabarida aytilgan.

«Uçala joyda ham maxsus vakil Xalilzod barça afğonlarning afğonlararo muzokaralar arafasida qolgan majburiyatlarni bajarişini, ayniqsa zöravonlikni kamaytiriş va mahbuslarni öz vaqtida ozod qilişni qöllab-quvvatlaşga çaqiradi», - deyiladi press-relizda.

Ta'kidlanişiça, delegatsiya Afğonistonning iqtisodiy tiklanişiga kömaklaşiş va mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş uçun bir qator sohalarda sarmoyaviy imkoniyatlar hamda hamkorlikni örganadi.

Bundan taşqari, Xalilzod Afğoniston rasmiylari bilan masofadan turib muzokaralar olib boradi.