Kun isib borişi bilan savol tuğiladi: atrofda koronavirus pandemiyasi mavjud bölgan yoz jaziramasida konditsionerdan foydalaniş mumkinmi?

Ular yuqtirib oliş xavfini orttirmaydimi?

Qisqa qilib aytganda, ha — konditsionerlar, olimlar fikriça, koronavirusni tarqatiş xususiyatiga ega. Ammo virusning manbayi bölolmaydi. Şuning uçun ulardan qayerda va qanday foydalanişni hisobga oliş muhim hisoblanadi.

Ilm-fan nima fikrda?

Foto: Getty Images

Bu mavzudagi ilmiy işlar, aniqlanişiça, hozirça juda kam va ularning natijalarini mutlaq reprezentativ deb hisoblab bölmaydi.

Koronavirus tarqalişida konditsionerlarning roli haqida birinçi marta Uhandagi restoranda infeksiyalaniş sxemasini örgangan xitoylik mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotdan keyin gapirilgan. 
Olimlar konditsioner yaqinidagi stolda ötirgan 9 kişi koronavirusga çalinganini aniqlaşgan. 

Olimlarning fikriga köra, virusni özida Covid-19 alomatlari bölmagan xörandalardan biri tarqatgan. U konditsioner qarşisida ötirgan. Keyinçalik, qöşni stollarda ötirgan va ayol bilan töğridan töğri aloqa qilmagan 9 nafar mehmonda ham test musbat natija berdi. 

Ammo unutmaslik kerakki, uşbu tadqiqotda tanlov juda kam edi va şaroit laboratoriyanikidan farq qiladi. Şuning uçun ilmiy dunyoda köpçilik uning reprezentativligi va asosliligiga şubha bilan qaraşadi. 

Bu vaqtda Xitoy tadqiqoti mavzusini ukrainalik maşhur şifokor Komarovskiy qöllab-quvvatladi.

U öz videoblogida natijalarni keltirdi va noxuş xulosa çiqardi: «Agar bemor nafas bilan çiqargan virus sun'iy iqlim nazorati tomonidan yaratilgan havo oqimiga qöşilib ketadigan bölsa, hamma narsa allaqaçon jiddiylaşadi».

Bundan taşqari, «Diamond Princess» kruiz kemasi bilan bölgan voqea köpçilikning yodida bölsa kerak. Uning bortidagi uç ming kişidan 700 nafari kasallikka çalingan va ularning katta qismi kema karantinga olingandan keyin virusni yuqtirgan. Şifokorlar bunda laynerning konditsioner tizimi muhim rol öynagan deb hisoblaşadi.