Janubiy Koreya hukumati Özbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşiş uçun 5 million dollar miqdorida «keng qamrovli şoşilinç yordam» körsatişga qaror qildi. Bu haqda Koreya Respublikasining Özbekistondagi elçixonasi Kun.uz’ga xabar berdi.
Qayd etilişiça, şu munosabat bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Toşkentdagi vakolatxonasi va Özbekiston Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi örtasida uşbu dasturni imkon qadar tezroq amalga oşiriş uçun özaro anglaşuv memorandumi imzolaş rejalaştirilmoqda.
Loyiha doirasida tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlaş, professional xodimlar malakasini oşiriş, COVID-19 haqida ma'lumot beradigan mobil ilovalarni işlab çiqiş va ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qöllab-quvvatlaş kabi koronavirus infeksiyasining tarqalişiga qarşi kuraşiş bilan boğliq barça sohalarda turli tadbirlar ötkaziladi.
Ikki mamlakat örtasidagi maxsus strategik şeriklik doirasida Koreya Respublikasi Özbekistonga COVID-19 inqirozini birgalikda yengib ötiş maqsadida bunday yordam taqdim etmoqda. Uşbu loyiha faqat kam sonli mamlakatlar uçun taklif qilingan.












