Soğliqni saqlaş vazirligi 29 iyun kuni Toshkent şahrida aholi orasida qayd etilgan kasallaniş holatlari böyiça batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi.
«Toshkent şahrida aholi orasida koronavirusga çaliniş holatlari hamon qayd etilib, boşqa hududlarga qaraganda yuqori bölib turibdi. Bu esa karantin çeklovlarini yanada kuçaytirişni talab etmoqda.
Avval xabar qilganimizdek, 28 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 266 nafar bemordan 16 nafari aholi orasida aniqlangan bölsa, 29 iyun kuni esa 274 nafar bemordan 30 nafari aholi orasida tasdiqlanib, şundan 20 nafari Toshkent şahrida aniqlandi.
Ikki kunlik ma'lumotga köra, ham umumiy kasallaniş körsatkiçi, ham aholi orasida koronavirusga çaliniş holati oşganini köriş mumkin», deyiladi vazirlik xabarida.
Ma'lum qilinişiça, Toshkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi yaşovçi Ş.Ğ.da, Şayxontohur, Mirobod, Yunusobod, Sergeli va Uçtepa tumanlarida yaşovçi 8 nafar fuqaroda (tana harorati kötarilganligi sababli namuna topşirgan), Mirobod tumanidagi xususiy oyoq kiyim ta'mirlaş ustaxonasi egasi U.U.da, «Megaplanet» savdo majmuasidagi «Sofiya» şirinlik dökoni işçisi D.T.da, Sergeli tumanidagi «ENTER Engineering» kompaniyasi hisobçisi N.M.da (tana harorati kötarilganligi sababli namuna topşirgan), Respublika ösmirlar va çaqiriluvçi yoşlarga tibbiy yordam taşkil etiş markazi muqobil tibbiy komissiyasi hamşirasi Ş.Ş.da (tana harorati kötarilganligi sababli namuna topşirgan) kasallik aniqlangan.
Şunigdek, Toshkent şahridagi «Kristal» savdo markazi kiyim-keçak dökoni sotuvçisi U.R.da (Qozoğistonga ketayotgani uçun namuna topşirgan), Yunusobod tumanida yaşovçi U.B.da (Yunusobod dehqon bozoriga borgandan keyin tana harorati kötarilgani sababli namuna topşirgan), «Abu Saxiy» savdo markazi xodimi S.Q.da (tana harorati kötarilgani sababli murojaat qilgan), «Toshkent city» quriliş obekti oşpazi









