Öktam Rahimoviç Salomov Özbekiston oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Öktam Salomov muqaddam Andijon maşinasozlik instituti rektori bölgan, 2019 yil iyunda esa Kongratboy Şaripov örniga Toşkentdagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.

Ma'lumot uçun, 2019 yil mayida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari lavozimiga ötgan Kongratboy Şaripov 2019 yilning noyabrida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor bölgandi. Şundan buyon vazirning birinçi örinbosari lavozimi böş qolayotgandi.