Prezident qaroriga muvofiq, Salomov Öktam Rahimoviç Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining örinbosari etib tayinlandi. 

Ma’lumotlarga köra, Öktam Salomov tayinlovga qadar Farğona davlat texnika universiteti rektori lavozimida işlab kelgan. 

U 1977 yil Buxoro viloyatida tuğilgan, fan doktori (DSc) va professor. Turli yillarda Andijon maşinasozlik instituti hamda Toşkentdagi Turin politexnika universitetida rektor, şuningdek, oliy ta’lim tizimida vazirning birinçi örinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

2025 yil may oyida Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Öktam Salomov Farğona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlangan, ungaça esa 2021 yildan buyon Farğona politexnika instituti rektori vazifasida işlab kelgan.