«Koronavirus bilan kuraşiş va pandemiya davrida ta'limni tiklaş jarayoni Oliy ta'lim vazirligi uçun birmunça osonroq keçdi. Çunki bizgaça Xalq ta'limi vazirligi bu bosqiçdan ötgandi. Oliy ta'lim vazirligi uşbu jarayonda qatnaşib, bu borada ma'lum bir tajribaga ega böldi.
Lekin oliy ta'lim tizimining öziga xos xususiyatlari bor edi. Masalan, talabalarning yoşi katta bölib, ular koronavirus yuqişi ehtimoli yuqori bölgan toifaga kirişardi. Bundan taşqari, aksariyat oliy ta'lim muassasalari talabalari turli hududlardan kelib öqişlariga töğri kelardi, mazkur vaziyatda ular talabalar turar joylarida yoki ijarada yaşaşi bilan boğliq muammolar bölgani uçun an'anaviy ta'limni XTVga nisbatan keçroq boşladik.
Biz ham talabalar va ularning ota-onalari örtasida sörov ötkazdik. Respondentlarning 82 foizi an'anaviy ta'limni yoqlab ovoz berişdi. Şundan söng Respublika maxsus komissiyasining 12 noyabrdagi qaroriga asosan 16 noyabrdan barça oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy şaklda ta'limga ötilişi tavsiya etildi. Bu böyiça har bir ya'ni qaysi kurs talabalarini birinçi navbatda, qaysi kurs talabalarini ikkinçi va keyingi navbatda an'anaviy ta'lim bilan qamrab oliş böyiça öz çora-tadbirlar rejasini işlab çiqqan.
Bu jarayonda sanitariya qoidalariga töliq amal qilinmoqda. OTM auditoriyalari, talabalar turar joylari tez-tez dezinfeksiyalanib, talabalar tibbiy niqoblarni taqqan va ijtimoiy masofani saqlagan holda darslarda qatnaşişmoqda. Buning natijasida OTM talabalari örtasida kasallaniş holatlari deyarli aniqlanmayapti», deya Öktam Salomovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, u OTM professor-öqituvçilarining 0,2 foizi Covid-19 bilan kasallanganini ma'lum qildi.
«An'anaviy ta'lim qayta tiklangaç, talabalar va OTM xodimlari, professor-öqituvçilari örtasida koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida vazirligimiz hamda SSV örtasida qöşma qaror qabul qilindi. Mazkur qaror bilan koronavirus keng yoyilişiga qarşi profilaktik çora-tadbirlar tasdiqlanib, şuning doirasida OTM xodimlariga «Covid-box»lar tarqatildi.
Oliy ta'lim muassasalarining professor-öqituvçilari va boşqa xodimlarining koronavirus bilan kasallaniş körsatkiçlari Özbekistondagi örtaça statistikadan oşmaydi. Xuddi maktab öqituvçilarida bölgani kabi OTM professor-öqituvçilarining 0,2 foizi Covid-19 bilan kasallangan», degan vazir örinbosari XPK sessiyasida.














