2020 yilning 29 iyun kuni soat 23:30da haydovçi, 31 yoşli Z.T. boşqaruvidagi “Malibu” rusumli avtomaşinasini Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani “Zarbdor” mahallasi hududidan ötuvçi 4R-100 avtomobil yölining 81-kilometrida Bandixon-Qiziriq tumani yönalişida harakatlanib ketayotgan bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u qarama-qarşi yönalişdan harakatlanib kelayotgan 56 yoşli O‘.X.ning boşqaruvida bölgan “VAZ 2101” rusumli avtomaşinaning harakat yönalişiga çiqib ketişi oqibatida, avtomaşinaning old öng tomoni bilan “VAZ 2101” rusumli avtomaşinaning old çap tomoni bilan töqnaşib, yöl transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, “VAZ 2101” rusumli avtomaşinada yonğin çiqib, haydovçi O‘.X. va old örindiğida yölovçi sifatida ketayotgan 50 yoşli A.J. yonğin natijasida avtomaşina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, transport vositasini boşqarayotganingizda amaldagi “Yöl harakatlari qoidalari”ga rioya qilişingizni söraymiz, özingiz va boşqalarning hayotiga befarq bölmang”, - deyiladi ma'lumotda.