2020 yilning 30 iyun kuni taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov AQŞning Afğonistondagi yaraşiş masalalari böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQŞ Xalqaro taraqqiyotni moliyalaştiriş korporatsiyasi (DFC) boş ijroçi direktori Adam Boler bilan uçraşdi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, tomonlar yaqin siyosiy munosabatlar örnatilganini, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va harbiy-texnikaviy aloqalar mustahkamlanganini qayd etgan.

Özbekiston tomoni Afğonistonda tez orada tinçlik örnatilişiga alohida ahamiyat berişi, butun Markaziy Osiyoning barqarorligi uşbu mamlakatdagi xavfsizlikka boğliqligi ta'kidlandi.

Suhbatdoşlar Afğoniston siyosiy rahbarlari örtasidagi kelişuvga erişilganini qöllab-quvvatladilar hamda inklyuziv hukumat tuzilişi va Milliy yaraşuv böyiça Oliy Kengaş Afğonistonning yorqin kelajagi uçun mamlakatning barça siyosiy kuçlarini birlaştirişga yordam berişi zarurligini ta'kidladilar.

Uçraşuvda ikki mamlakatning Afğoniston yönalişidagi hamkorligini kengaytirişga alohida e'tibor qaratildi. Şu örinda ta'kidlanganidek, 27 may kuni bölib ötgan «Özbekiston-AQŞ-Afğoniston» uç tomonlama hamkorlik şaklidagi birinçi uçraşuv Afğonistonni tiklaş va uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb qiliş böyiça amaliy takliflarni işlab çiqişda uşbu mexanizmning muhimligini tasdiqladi.

AQŞ tomoni Özbekiston rahbariyatining Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etişda mintaqaviy yondaşuvni ilgari suriş borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi va uşbu yönalişda faol hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini yana bir bor ta'kidladi.

Muzokaralar çoğida Afğoniston va mintaqa örtasidagi iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirişga kömak beradigan qator loyihalarni moliyalaştiriş uçun DFC mablağlarini jalb qiliş yuzasidan fikr almaşildi.

Adam Boler Özbekistonda energetika, infratuzilma, tibbiyot va ta'lim sohalaridagi loyihalarni amalga oşirişda iştirok etişga DFC tayyorligini bildirdi.

Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar ham körib çiqildi, deyiladi ma'lumotda.