Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik halqa yo‘lining Beruniy ko‘chasidan Forobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishi qisman yopiladi
Ta'mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta'minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi.
Toshkent shahri Olmazor tumani KHAY ko‘chasining Forobiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Beruniy ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishdagi magistral issiqlik tarmog‘ini kapital ta'mirlash ishlari boshlanmoqda.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bu 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi doirasida amalga oshirilib, ta'mirlash ishlari 2 iyuldan boshlanadi.
Bildirilishicha, ushbu magistral issiqlik tarmog‘i 1986 yili qurilgan bo‘lib, issiqlik tarmog‘ining kapital ta'mirlanayotgan qismida oxirgi 3 yil davomida 30dan ortiq avariya holatlari qayd etildi.
Ta'mirlash ishlari 14 kun davomida, aholiga issiq suv ta'minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi. Ish jarayonida KHAY ko‘chasining Beruniy ko‘chasidan Forobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishi qisman yopiladi va avtotransport vositalari qatnovi KHAY ko‘chasining Forobiy ko‘chasidan Beruniy ko‘chasigacha bo‘lgan tomonida ko‘chani ikkiga bo‘lgan holda amalga oshiriladi.
“Shu munosabat bilan haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:10 / 24.03.2026
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
13:53 / 20.03.2026
Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
12:40 / 22.01.2026
Toshkentning asosiy ko‘chalarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda
09:29 / 24.12.2025