«Biz sönggi uç yarim yilda qiynoqlarga yöl qöymaslik böyiça jiddiy va ortga qaytmaydigan islohotlarni amalga oşirdik. Lekin, Andijon şahar va Çiroqçi tuman içki işlar idoralarida yaqinda sodir bölgan fojiali holatlar tizim rahbarlarini uyğotişi, aniq xulosalar qilişga çorlaşi kerak.

Uşbu fojia oqibatida 2 nafar inson hayotdan erta köz yumdi. Ularning oilalari bu huquq-tartibot idoralari rahbarlaridan emas, davlatdan norozi.

Nima uçun tezkor-qidiruv va tergovni nazorat qiluvçi prokurorlar, içki işlar rahbarlari bunga biz aybdormiz, deb çiqib aytmaydi. Öşa xodimlarning bilimini oşirmadik, qonun bilan işlaş, odamlar bilan muomala qilişga örgatmadik, deb nima uçun xalqdan keçirim söramaysizlar? Bu kabi noxuş holatlar takrorlanmasligi uçun qaysi tizim yoki hududiy idora rahbari aniq reja yoki dastur işlab çiqdi?

Ming afsus bilan aytiş kerak, sizlardagi loqaydlik va bilimsizlik islohotlarimizni obrösizlantirmoqda.

Hozirda uşbu jinoyatlarga aloqador 11 nafar içki işlar xodimlari qonun oldida javob bermoqda. 7 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi, yana 16 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi», degan prezident.

  • Eslatib ötamiz, Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida mol öğirlaşda gumon qilingan 32 yoşli erkak 2020 yil 23 yanvar IIB xodimlari tomonidan kaltaklanişi oqibatida vafot etgandi. Keyinroq IIBning boşqa xodimlari uşbu jinoyatni yaşiriş maqsadida guvohlarga bosim ötkazgani ma'lum böldi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi oçilib, ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingani haqida xabar berildi. Söngra fuqaroning urib öldirilişida yana 13 nafar xodimning qöli borligi ma'lum qilindi.
  • Şuningdek, Andijonda fuqaro A.Abdukarimov IIBdagi qiynoqdan söng 11 iyun kuni vafot etgaç, beş kişi işdan olindi, 19 kişi jazolandi. Holat yuzasidan Andijon şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida uç nafar içki işlar organlari xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb e'lon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.