Dunyoning 100 ta eng qimmat brendi umumiy qiymati bir yilda 5,9 foizga ösib, 5 trln dollarga yetdi. 

Kantar agentligi 1 iyulda dunyoning eng qimmat brendlari yuztaligi BrandZ Top 100’ni e'lon qildi. 

Yangi reytingga köra, Amazon kompaniyasi brendi eng qimmat brendlar orasida yetakçilik qilmoqda. Uşbu brend qiymati bir yil içida 132 mlrd dollarga qimmatlaşib, 415 mlrd dollarga yetgan.  

2-örinni Apple egallamoqda. Uşbu brend 352 mlrd dollarga baholangan. 3-örinni esa Microsoft 326 mlrd dollarlik qiymat bilan egallamoqda.

Keyingi örinlarni Google (323 mlrd dollar), Visa tölov tizimi (186,8 mlrd dollar), Alibaba internet-riteyleri (152,5 mlrd dollar), Tencent kompaniyasi (150,9 mlrd dollar), Facebook ijtimoiy tarmoği (147,1 mlrd dollar) egallagan.

Yetakçi öntalikni McDonald’s fastfud tarmoği 129,3 mlrd dollarlik qiymat va MasterCard tölov tizimi 108,1 mlrd dollarlik qiymat bilan yakunlagan.