May örtalarida Comparisun kompaniyasi ekspertlari Bezos 2026 yilda dunyodagi birinçi trillionerga aylanişi mumkinligini taxmin qilgandi.
Dunyoning eng badavlat kişisi, Amazon rahbari Jyeff Bezosning boyligi 172 mlrd dollarga yetdi.
Bloomberg agentligining qayd etişiça, bu biznesmen uçun rekord körsatkiç hisoblanadi. Uning avvalgi maksimum körsatkiçi 167,7 mlrd dollar bölib, 2018 yil sentyabrda qayd etilgandi.
Bezosning boyligi Amazon aksiyalari narxi oşişi tufayli köpaydi: 1 iyul kungi savdolarda bir dona aksiya narxi 4,4 foizga ösib, 2878,7 dollarga teng böldi. Kompaniyaning 11 foiz aksiyasi Bezosga tegişli.

Bezosning sobiq turmuş örtoği Makkenziga Amazon kompaniyasining 4 foiz aksiyasi tegişli bölib, Bloomberg uning boyligini 56,9 mlrd dollar deb baholadi.
May örtalarida Comparisun kompaniyasi ekspertlari Bezos 2026 yilda dunyodagi birinçi trillionerga aylanişi mumkinligini taxmin qilgandi.
Forbes Bezosning boyligini 166,3 mlrd dollar deb baholamoqda.












