Professional futbol ligasi direktori vazifasini bajaruvçi Diyor Imomxöjayev bugun «Sport TV»da jonli efirda çiqiş qilişini ma'lum qildi. Bu haqda mutaxassis özining telegram-kanalida post qoldirgan.
«Bugun soat 19:00da «Sport TV» kanalida çiqiş qilib, «Şerdor» va «Ittifoq-Navoiy» klublari nima uçun Birinçi ligadan çetlaştirilganini tuşuntiraman. Klub murabbiyi (ya'ni «Şerdor» murabbiyi) Baxtiyor Sattorovning ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonoti va undagi çalkaş fikrlarini konkretlaştiraman.
Keça Muborakda «Buxoro» va «Metallurg» öyini nima sababdan ötkazildi-yu, nega endi «Maş'al»ning «Paxtakor»ga qarşi öyini surildi – bu borada ham tuşuntiriş beraman. Alişer Nikimbayevning PFL haqidagi ketma-ket çiqişlari borasida savollar bölsa, ularga ham javob qaytaraman. PFL hamma savollar va mavzular uçun oçiq.
P.S. Agar bir inson ÖFA haqida faqat iliq, ÖzPFL haqida faqat salbiy fikr berayotgan bölsa, bu yerda nimadir buzilgan. Buni töxtatiş uçun biz ham kimningdir öğlini işga olişimiz mumkin edi, ammo biz tanqidlardan qörqadigan taşkilot emasmiz. Heç bir manfaatlarsiz va ğarazlarsiz bizni tanqid qilayotganlarni esa qöllab-quvvatlayman, ular töğri yöldalar», degan Diyor Imomxöjayev öz kanalidagi postda.
Oldinroq Samarqandning «Şerdor» klubi boş murabbiyi Baxtiyor Sattorov klub a'zolik badalini tölagan bölişiga qaramay, Birinçi ligadan çetlatilgani haqida fikr bildirib, PFLning qaroriga qarşilik bildirgan va bu borada ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatovdan izoh kutişini ma'lum qilgandi.
Keyinçalik taniqli futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayev Muborak hamda Namangan «qizil» hudud bölganiga qaramay, u yerlarda Superliga öyinlari ötkazilgani, lekin Bekobod «qizil» hudud bölgani uçun «Metallurg» öz maydonida «Lokomotiv» bilan öynay olmagani tuşunarsiz holat ekanini aytib, klublar badal tölaşdan voz keçmagunça, PFL mantiqsiz qarorlar çiqaverişini aytgandi.
Ma'lumot uçun, Diyor Imomxöjayev 26 maydan PFL direktori vazifasini bajaruvçi bölib işlab keladi. U öz arizasiga köra vazifasidan ozod etilgan Davron Şoyoqubovning örnini egallagan. Diyor Imomxöjayev Özbekiston DXX raisi va ayni damda ÖFA prezidenti Abdusalom Azizovning taqdimiga binoan PFL direktori vazifasini bajaruvçi etib













