O‘zbek qurilish bozorining yangi vakili – MJ Developers haqida ehtimol ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa kerak.
Nafaqat developerlik faoliyati sohasida jahon tajribasiga ega xalqaro kompaniya, balki kompaniyaning O‘zbekistonda qanchalik yirik loyihalarni amalga oshirayotgani ham e'tiborimizni tortadi.
MJ Developers «shahar ichida shahar» konsepsiyasiga asoslangan loyihalarni yaratadi va amalga oshiradi. Bular o‘zlarining puxta o‘ylangan infratuzilmasiga ega smart turar joy komplekslaridir. Asosiy vazifa shundan iboratki, qulaylik va shinamlikning barcha elementlari majmua hududida, bir qadamlik masofada bo‘lgan turar joy majmuasini yaratish va loyihalashdir. Shuningdek, qurilish jarayonida kompaniya zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi hamda kuchli xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qiladi.
O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida 4 loyiha amalga oshiriladi, biroq biz bugun nafaqat loyihalar haqida, balki qurilish maydonidagi yangiliklar haqida ham aytib o‘tmoqchimiz.
Buxoroda zamonaviy mehmonxona «MV Bukhara Hotel» qurilmoqda. «MV Bukhara Hotel» sarmoyasining umumiy hajmi 5 mln AQSh dollaridan ko‘proqdir. 228 nomer, 7 qavat, prezident nomerlari, spa, basseyn, disko bar, banket zali, bularning hammasi yangi mehmonxona majmuasi hududida joylashadi. Loyiha barcha jahon standartlari bo‘yicha loyihalashtirilgan va ayni damda qurilish ishlari jadal ketmoqda. Shu fursatda mehmonxona asosiy binosining poydevori, tashqi devorlari va zinalar uchun joylar qurilib bitkazildi. Undan tashqari ichki hovli hududida ham poydevor va ikki qavat qurilishi ishlari yakunlangan. Hozirda uchinchi qavat qurilishi ishlari faol davom etmoqda. Banket zalining ham poydevori tayyor va birinchi qavat devorlarini ko‘tarish ishlari olib borilmoqda.

Namanganda esa shaharning yangi biznes va ko‘ngilochar markazi bo‘ladigan Namangan Square majmuasining qurilish va sotuv ishlari jadallik bilan bormoqda. Ushbu loyihaning sarmoya hajmi 50 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha Namanganning nufuzli tumanlaridan birining 18 gektar maydonini egallaydi. Majmua turar joy binolari, biznes markazlari, savdo va tijorat maydonlaridan iborat bo‘ladi. shunisi e'tiborliki, 18 gektar maydonning 60 foizi yashil maydonlar va sayr yo‘laklari uchun ajratiladi. «Shahar ichida shahar» konsepsiyasi majmuaning shaxsiy mikroiqlimini ham anglatadi. Shu bilan bir qatorda, Boulevard Plaza va Iconic Towers kabi ahamiyatli joylar haqida ham aytib o‘tish joizdir.
















