DW xabariga koʻra, Kirovograd viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Andrey Raykovich hujum oqibatlari haqida maʼlum qilgan.
Uning bildirishicha, logistika obyektlari, transport va sanoat korxonalari hujumga uchragan. Raykovich xabar bergan paytda viloyat va uning markaziga hujum davom etayotganini aytgan.
Maʼmuriyat rahbari aholini xavfsizlik choralariga rioya qilishga va hujumga oid maʼlumotlarni internetda tarqatmaslikka chaqirgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlarining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Rossiya hujumda odatiy dronlar bilan birga reaktiv dronlardan ham foydalangan.
Hududdagi vayronagarchiliklar va hujumning boshqa oqibatlari aniqlashtirilmoqda.















