«Qarşi şahriga kiriş-çiqiş jiddiy nazoratga olinadi. Faoliyati töxtatilgan ayrim nazorat maskan(post)lari qayta tiklanadi», deyiladi viloyat maxsus komissiyasi qarorida.

Ma'lumot uçun, Qaşqadaryo viloyatida şu vaqtgaça jami 201ta holat qayd etilgan. Bugungi tuzalganlar bilan viloyatda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 119 nafarga yetdi. Şuningdek, bir bemor vafot etgan. Ayni vaqtda viloyatda 81 bemor davolanmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining 26 iyundagi qaroriga köra, Qarşi şahri «yaşil» hudud sifatida belgilangandi.

Bungaça Qoraqalpoğiston Respublikasi markazi Nukus şahrida 30 iyundan karantin çoralari kuçaytirilgandi, şuningdek, 1 iyuldan Buxoro şahriga, 2 iyuldan Jizzax şahriga kiriş-çiqişda nazorat qat'iylaştirildi.