Amerikalik önlab diplomatlar va ularning oilalari Saudiya Arabistonida koronavirus yuqtiriş holatlari keskin ösişi sababli qirollikni tark etmoqda. Bu haqda öz manbalariga tayanib Wall Street Journal xabar berdi.

Ularning sözlariga köra, ötgan haftada davlat departamenti xodimlarga mamlakatni tark etişga ruxsat bergan.

Qayd etilişiça, Ar-Riyoddagi elçixonaning asosan amerikalik bölmagan kamida 30 nafar xodimi mart oyidan buyon uydan turib işlagan bölişiga qaramasdan koronavirusga çalingan. Iyunda elçixona haydovçisi koronavirusdan vafot etgan, keyinroq diplomatlardan birining oila a'zosiga şoşilinç tibbiy yordam beriş rad etilgan va bu işga elçixona aralaşişiga töri kelgan, deb yozadi naşr.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Saudiya Arabistonida koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 201 mingdan oşgan.