JSST «Remdesivir»ni COVID-19’ga qarşi «umidli» natijalarni körsatgan yagona antivirus dori deb atadi. Kuni keça uşbu dorining deyarli barça zaxiralari AQŞ tomonidan sotib olinganligi ma'lum böldi.

Antivirus dorilarni sinab köriş davomida faqatgina «Remdesivir» COVID-19’ga qarşi «umidli» natijalarni körsatdi, deya xabar berdi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan. Brifing translatsiyasi JSSTning Twitter’ida namoyiş etildi.

Şu bilan birga, Svaminatanning ta'kidlaşiça, «Remdesivir» kasalxonaga yotqiziş holatlarini kamaytirgan, ammo koronavirusdan ölim soni kamaymagan.

Uning sözlariga köra, tadqiqotlar şuni körsatadiki, uşbu preparatni qabul qilgan bemorlar tezroq tuzaladi. Svaminatanning ta'kidlaşiça, «Remdesivir»ni olgan bemorlar dori qabul qilmagan şaxslar kabi 15 kunda emas, balki 11 kunda soğaygan.

Dastlab, «Remdesivir» gepatit C va respirator-sinsitial virusni davolaş uçun testning bir qismi sifatida işlab çiqilgan, şuningdek, Ebola bezgagini davolaş uçun sinovdan ötkazilgan, ammo samarali davolaş vositasi sifatida tan olinmagan.

Bir neça oy oldin uşbu preparat koronavirusni davolaş böyiça klinik sinovlardan ötkazildi. Xususan, undan foydalaniş Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Britaniya va Isroilda ma'qullangan.