Bugun 6 hududda - Toşkent şahri, Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Andijon va Toşkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilişi va soğayişi böyiça körsatkiçlar jadvalini keltirdi.
Bugungi 318 holatdan 273tasi karantin muassasalarida, 45tasi aholi orasida aniqlangan.
Aholi orasida (+45)
Bugun uç hududda aholi orasida yangi kasallaniş holatlarning qayd etildi, şundan eng köp qismi Toşkent şahrida - 37 holat. Poytaxtda 4 iyun kunidan buyon uzluksiz ravişda aholi orasida koronavirus aniqlanib kelinmoqda.
Andijon viloyatida aholi orasida yana yangi kasallar aniqlana boşladi - 29 iyundan buyon viloyatda aholi orasida yangi holatlar qayd etilmayotgandi. Ayni vaqtgaça viloyatda jami 214 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyilgan, şundan 181 kişi davolanib çiqqan, şifoxonalarda 33 bemor davolanmoqda.
Toşkent viloyatida aholi orasida yana 3 kişida virus aniqlangan. Viloyatda sönggi haftalarda uzluksiz ravişda aholi orasida yangi holatlar aniqlanmoqda (faqat 1 iyul kunidan taşqari).
Karantin (+273)
Xorijdan kelgaç Toşkent viloyatidagi Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan fuqarolar orasida 113 holat aniqlandi.
Toşkent şahrida koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, karantinga olingan fuqarolar orasida 45 kişiga virusdan zararlaniş taşxisi qöyildi.
Toşkent viloyatida bemorlar bilan aloqasi tufayli karantinga olingan 23 kişida virus çiqdi.
Surxondaryo viloyatida kun davomida 69ta yangi holat qayd etildi. Bu körsatkiç viloyat uçun rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord körsatkiç 27 iyun kuni qayd etilgandi - 26 kişida kasallik aniqlangan. Şundan buyon viloyatda yangi kasallaniş holatlari qayd etilmayotgandi. Bir kun içida Surxondaryoda kasallaniş holatlari soni 101tadan 169taga yetdi. Şu vaqtgaça 67 bemor tuzalib çiqqan, ikki kişi vafot etgan.
Bugun şuningdek, Samarqand viloyatida karantindagilar orasida 14 kişi, Buxoroda esa 9 kişi virusdan zararlangani ma'lum bölgan.
Haydovçilar (+0)
Bugun xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilarida koronavirusdan zararlaniş holati aniqlanmadi.
Tuzalganlar (+217)
Bugun Toşkent şahridagi tibbiyot muassasalarida 212 nafar, Namanganda 5 nafar bemor soğaydi, kunlik tuzaliş körsatkiçi böyiça rekord qayd etildi.
Şu vaqtgaça kasallik qayd etilgan jami 9396 nafar bemordan 6251 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 66 foizni taşkil etmoqda.
Ölim (+2)
Soğliqni saqlaş vazirligi 28 iyundan 1 iyulgaça 7 ta ölim holati haqida ma'lum qildi. Ammo 2 iyul sanasida koronavirusdan vafot etiş bilan boğliq yangi holatlar haqida xabar berilmadi. Aslida şu kuni Toşkentda bir erkak va bir ayol kasallik asoratlaridan vafot etgani ma'lum böldi.
Toşkent şahrida yaşovçi 59 yoşli Ğ.B. ismli erkak 2 iyul kuni öta oğir holatda Toşkentdagi 4-son şahar klinik şifoxonasining reanimatsiya bölimiga yotqizilgan va sun'iy nafas beriş apparatiga ulangan. Ammo u öşa tunda vafot etgan.
Toşkent şahrida yaşovçi 77 yoşli N.G. ismli ayolga 23 iyun kuni koronavirus infeksiyasidan zararlaniş taşxisi qöyilgan va Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Ammo u 2 iyul kuni ötkir yurak-qon tomir va öpka yetişmovçiligidan vafot etgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3116 nafar bemordan 16 nafari oğir, 8 nafari esa öta oğir ahvolda.

Mamlakatda uy karantinida 41 926 nafar, statsionar karantinda esa 22 438 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bölib turibdi.












