1 iyuldan xalqaro aviaaloqani tiklagan Tailandga kiruvçi barça xorijliklardan koronavirusga tahlil olina boşlandi. Yarim soat davom etuvçi jarayon uçun xorijliklar 3000 bat (96 dollar) tölaşlariga töğri keladi.
Tailandga işlaş yoki yaşaş uçun ruxsatga ega bölganlarga, mamlakatga tadbirkorlik maqsadlarida keluvçilarga, turmuş örtoği yoki rafiqasi Tailand fuqarosi bölganlarga, xorijlik talaba va diplomatlarga kirişga ruxsat berilgan.
Aeroportda koronavirusga test topşiriş Tailandga tez kiriş talablaridan biri hisoblanadi. Bu holatda agar xorijlik fuqaro soğ bölsa, u 14 kun karantinda ötkazişiga töğri kelmaydi. Xuddi şunday jarayon kuzda Tailandga kelişi kutilayotgan sayyohlarga qöllanadi.
Tailandga pandemiya sababli joriy yilda xalqaro aviaaloqa kengaytirilgaç va sayyohlar kirişiga rusxat berilgandan keyin 8 mlngaça xorijlik kelişi kutilmoqda. Tailand turizm kengaşining baholaşiça, bu 2019 yilga nisbatan 80 foizga kamroqni taşkil qiladi. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, Tailand sayyohlik tarmoği 2021 yildagina avvalgi darajada tiklanadi.













