Qonun loyihasida MJtKni “59-2-modda. Retseptlar yoziş böyiça qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buziş” moddasi bilan töldiriş közda tutilmoqda.

Unga asosan, tibbiyot xodimlari tomonidan dori vositalariga (bundan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar röyxatiga kiritilgan, şuningdek, tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar röyxatiga kiritilgan moddalar mavjud dori vositalari mustasno) retseptlar yoziş böyiça qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzganlik yoki retseptlarni soxtalaştirganlik uçun –

  • BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima belgilaş taklif etilgan.

Xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bölsa, –

  • BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda jarima solinişi mumkin.

Bundan taşqari, Jinoyat kodeksini “228-2-modda. Retseptlar yoziş böyiça qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buziş” moddasi bilan töldiriş közda tutilmoqda.

Unga köra, tibbiyot xodimlari va boşqa şaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar röyxatiga kiritilgan, şuningdek, tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar röyxatiga kiritilgan alohida dori vositalarni oliş huquqini beruvçi retseptlarni yoki boşqa hujjatlarni soxtalaştirişganlik uçun –

  • BHMning 25 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 150 soatgaça majburiy jamoat işlari bilan yoki 6 oygaça axloq tuzatiş işlari jazosini belgilaş taklif etilgan.

Bildirilişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi şifokor retsepti böyiça beriladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, kuçli ta'sir qiluvçi moddalar röyxatiga kiritilgan dori vositalariga retseptlar yoziş böyiça qonun hujjatlarida belgilangan talablarning buziliş holatlariga barham beriş imkonini beradi.