Şu yilning 5 iyulidan 20 iyuliga qadar kasb-hunar maktablarida kasb-hunar egallaş istagida bölgan 9-sinf bitiruvçilarining hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinadi. Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga şu haqda ma'lum qildi.

Aytilişiça, qaror Özbekiston ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi majlisining 2020 yildagi 1-son bayoniga muvofiq qabul qilingan.

Yangi tizim böyiça 9 sinf bitiruvçilari öz hujjatlarini kasb.edu.uz elektron platformasi orqali topşiradi. Bu jarayonda bitiruvçilardan quyidagi hujjatlarni topşiriş söraladi:

1. Elektron ariza.

2. Umumta'lim maktabining 9-sinfni tugatganligini tasdiqlovçi şahodatnoma (elektron) nusxasi.

3. 3x4 fotosurat

Kasb-hunar maktablarida tikuvçi, çilangar, issiqxona va parnik xöjaligi laboranti, avtomobillarni ta'mirlaş çilangari, oşpaz, qandolatçi, asalariçi kabi 200dan ortiq kasblar böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.

Hujjat topşiruvçilar yuqorida körsatilgan platforma orqali özlariga kerakli kasblarni tanlaşi va u haqda batafsil ma'lumotni olişlari mumkin.

Bunda ta'lim jarayonlari körsatilgan işçi kasblar böyiça 2 yillik umumta'lim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalaşgan dasturlari asosida (kunduzgi ta'lim şaklida) yölga qöyiladi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 9-sinf bitiruvçilari tarkibidan davlat budjeti asosida kunduzgi ta'lim şaklida yoşlarning professional ta'lim olişini ta'minlaydigan 339 ta şunday Kasb-hunar maktablari taşkil etilişi belgilangan.

Kasb-hunar markazlariga hujjat topşiruvçilar qabul jarayonlari böyiça Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida taşkil qilingan (+99871) 246-11-92 raqami (Ma'lumotlar markazi) orqali qöşimça ma'lumot olişlari mumkin.