FXX şu kungaça «Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozinning maslahatçisi bölib işlab kelgan, «Kommersant'» va «Vedemosti»ning sobiq jurnalisti Ivan Safronovni NATO davlatlaridan biriga davlat siri bölgan ma'lumotlarni berişda ayblamoqda

VALERY SHARIFULIN/TASS

FXXga köra, Safronov «NATO maxsus xizmatlaridan biri»ning topşiriqlarini bajargan va ular uçun «RF harbiy-texnik hamkorligi, mudofaasi va xavfsizligi haqidagi davlat siri bölgan ma'lumotlarni töplab, vakiliga uzatgan». Işning boşqa tafsilotlari ma'lum emas.

Rogozin şu yilning 18 may kuni lavozimga tayinlangan maslahatçisi haqida gapirar ekan, Safronovni «Roskosmos» faoliyatini yoritiş uçun taklif qilişgani, uning davlat korporatsiyasining yopiq ma'lumotlariga ega böliş uçun ruxsati bölmagani, Safronovning bir neça yildan buyon jurnalist sifatida tanişi hamda «uning yuqori kasbiy mahorati va insofliligiga şubha qilmasligi»ni aytib ötgan.

Xöş, jurnalist Safronov nimalar haqida yozgan? «Meduza» ulardan eng qiziqlari haqida ma'lumot keltirib ötdi.

Ivan Safronovning kasbiy qiziqiş doirasi «Kommersant'»da ham , «Vedemosti»da ham armiya va kosmos bölgan — u qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça xalqaro şartnomalar, yangi qurollarni sinaş, kadrlar tayinlovi, kosmik va mudofaa sanoati sohasidagi yirik avariyalarni suriştiriş, harbiy öquv maşqlaridan reportajlar uyuştiriş, harbiy operatsiyalarning borişi haqida maqolalar yoziş, mudofaa sanoat kompleksidagi korrupsiya va josuslik mojarolari haqida suriştiruvlar ötkazişi bilan maşhur bölgan.

Uning hamkasblari «Vanya jurnalist sifatida bajargan işlari uçun undan öç olişmoqçi», deyişmoqda.

  • Oliy martabali amaldorlarning maxfiy mukofotlanişi haqida;
  • Rossiya harbiy xizmatçilarining Suriyada halok bölişlari haqida;
  • Amerikaning ehtimolli josusining Kremldagi işi töğrisida;
  • Federatsiya Kengaşi spikeri Valentina Matviyenkoning ehtimolli iste'fosi töğrisida; (Şu maqolasi uçun Safronov Alişer Usmonov xöjayin bölgan «Kommersant'» gazetasidan ketgan. Söngra «Kommersant'»ning siyosat bölimi ham töliq iste'foga çiqqan)