Röyxatdan 10 ta davlat xizmati joy olgan.
Agentlik direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirovaning qayd etişiça, bugungi kunda özbekistonliklar tomonidan talab yuqori bölgan 10 ta davlat xizmati quyidagilar:
1. Davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan körsatiladigan barça turdagi xizmatlardan erkin foydalanişni ta'minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini beriş
2. Sudlanganlik haqida ma'lumotnoma beriş;
3. STIR ni aniqlaş;
4. Tabiy gazni hisobga oliş uskunasi (hisoblagiç)ni qayta qiyoslaş körigidan ötkaziş uçun ariza beriş;
5. Fuqarolarga farzand tuğilganda tölanadigan bir marotabalik nafaqa pulini oliş uçun murojaat qiliş;
6. Pensiya va nafaqalar miqdori töğrisidagi ma'lumotnoma beriş;
7. Köçmas mulk obektlariga bölgan huquqni davlat röyxatidan ötkaziş
8. Kadastr pasportini kelişiş;
9. Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi töğrisida ma'lumotnoma beriş böyiça davlat xizmati;
10. Fuqarolarning Narkologiya dispanseri hisobida turişi yoki turmasligi töğrisida ma'lumotnoma beriş.
Zokirovaning qöşimça qilişiça, davlat xizmatlari markazlarining filiallari tomonidan joriy yilning 1 yanvaridan 1 iyul kuniga qadar jami 17 912 ta xizmat körsatilgan.
Eslatib ötamiz, bugungi kunda respublikamiz şahar, şaharçalar, qişloqlar va ovullardagi mahallalarida Davlat xizmatlari markazlarining jami 57 ta filiallari faoliyat yuritmoqda.












