Britaniya Eronning «Al Quds» maxsus guruhi qömondoni general Qosim Sulaymoniy uçun joriy qilingan iqtisodiy sanksiyani öz kuçida qoldirdi. Bu haqda Britaniya moliya vazirligi e'lon qilgan hujjatda keltirilgan.
Hujjatda terrorizm va uni moliyalaştirgani uçun 5 kişiga nisbatan sanksiyalar muddati uzaytirilgani aytilgan. Röyxatda quyidagi nomlar bor: Qosim Sulaymoniy, Hamid Abdullohi, Mahmud Arbabsiar, Ali Ğulom Şakuri va Abdul Rizo Şahlai. Ularning barçasi Eron fuqarolari. Qirollik moliya vazirligi e'lon qilgan hujjatda bu beş nafar eronliklarning barçasi 2010 yil öziga xos TAFA (Terrorism and terrorist financing) sanksiyasiga tuşgan va 6 iyul kuni ularga nisbatan e'lon qilingan sanksiya muddati uzaytirilgan.
Hujjatda bir narsa e'tiborni tortadi. Qosim Sulaymoniy unda 10 xil ism-şarif bilan keltirilgan. Ularning barçasi bir-biridan bir neçta harf bilan farq qiladi. «Al Quds» generalining aynan mana şu nomlarga oçilgan va Britaniyaga ma'lum hisob raqamlari mavjud bölişi mumkin.
Britaniya moliya vazirligi e'lon qilgan röyxatda sanksiyasi uzaytirilgan 5 kişining barçasi Yevropa Ittifoqining ham sanksiya röyxatidan örin olgani alohida keltirilgan.
Oldinroq BMT Qosim Sulaymoniyning AQŞ tomonidan öldirilişi noqonuniy bölgani, u heç kimning hayotiga töğridan töğri xavf tuğdirmaganini ma'lum qilgandi. Öz navbatida Eron hukumati Interpolga murojaat qilib AQŞ prezidenti Donald Trampni qidiruvga berişni söragan va rad javobini olgan. Eron tomoni Sulaymoniyga suiqasdda iştirok etgan 36 kişining şaxsini aniqlaganini ham ma'lum qilgan.
Eron inqilob muhofizlari korpusi qoşidagi «Al Quds» maxsus bölinmasi yetakçisi bölgan general Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvar kuni AQŞ prezidenti Donald Trampning şaxsan topşiriği bilan amerikalik harbiylarning havo zarbalari oqibatida halok bölgandi. Uning ölimidan söng Eronda motam e'lon qilingan va eronlik harbiylar AQŞning Iroqdagi aviabazalariga raketa zarbasini amalga oşirgandi.










