Naşrning baholaşiça, 8 iyul kunduzi Amazon kapitallaşuvi 1,52 trln dollardan oşgan va buning evaziga kompaniyaning 11,1 foiziga ega Bezosning boyligi 181,5 mlrd dollarga yetgan. Forbes’ning ta'kidlaşiça, bu statistika olib borilayotgan vaqt uçun rekord körsatkiç hisoblanadi.

Nyu-York fond birjasidagi savdolar yopilişidan oldin Amazon aksiyalari narxi 2,7 foizga kötarilib, bir donasi uçun 3081,11 dollarni taşkil qilgan. 6 iyulda kompaniyaning kapitallaşuvi ilk bor 1,5 trln dollardan oşgani ma'lum qilingandi.

Aprelda Bezosning boyligi 113 mlrd dollarga, bir hafta avval esa 172 mlrd dollarga baholanayotgandi. May örtalarida Comparisun kompaniyasi ekspertlari Bezos 2026 yilda dunyodagi birinçi trillionerga aylanişi mumkinligini taxmin qilgan.