3 dekabr kuni Özbekiston milliy jamoasining sobiq boş murabbiyi Leonid Ostrouşko 83 yoşida vafot etdi, deb xabar beradi Qozoğiston matbuoti.

Asli ukrainalik bölgan qozoğistonlik mutaxassis 2000 yilda Toşkent viloyatining «Döstlik» klubi bilan Özbekiston çempioni va Kubogini qölga kiritgan, şuningdek, Özbekiston milliy jamoasini vaqtinçalik boş murabbiy sifatida 1ta öyinda boşqarib, Xitoy milliy jamoasini 1:0 hisobida mağlub etgan edi.

Leonid Ostrouşko futbolçilik va murabbiylik faoliyatining asosiy qismini Qozoğistonning «Qayrat» klubida ötkazdi. Şuningdek, 1998 yilda Namanganning «Navbahor» klubida ham işlagan edi.