JÇ-2022 saralaşiga tayyorgarlik doirasida Özbekiston milliy jamoasi Eronga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşadigan böldi. Bu haqda ÖFA rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Xabarda aytilişiça, Özbekiston milliy jamoasi sentyabrda yiğin boşlaydi va 4 sentabr kuni Tojikiston bilan, 7 sentyabrda esa Eronga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşadi. Har ikki öyin Toşkentdagi «Bunyodkor» stadionida ötkaziladi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston JÇ-2022 saralaşining qoldirilgan öyinlarini 13 oktyabrdan boşlaydi. Şu kuni Abramov jamoasi Yaman bilan neytral stadionda öynaydi. Şuningdek, 12 noyabr kuni Singapur Toşkentda mehmon bölsa, 17 noyabr kuni Özbekiston Jiddada Saudiya bilan öynaydi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi Özbekiston milliy jamoasi ayni damda JÇ-2022 saralaşining «D» guruhida 5-turdan keyin 9 oçko bilan yetakçi bölib turibdi. Eron esa saralaşning «S» guruhida uçinçi örinda bormoqda.