SpaceX kompaniyasi asosçisi va Tesla boş direktori Ilon Mask Berkshire Hathaway direktorlar kengaşi raisi Uorren Baffettdan köra badavlatroq kişiga aylandi, deb yozmoqda Bloomberg.
Bloomberg Billionaires Index reytingi ma'lumotlariga köra, Tesla aksiyalari narxi 11 foizga qimmatlaşganidan söng Maskning boyligi 6,1 mlrd dollarga köpaydi va 70,5 mlrd dollarga yetdi.
Mask birdaniga bir neça milliarderni quvib ötib, yettinçi poğonaga joylaşdi. U Baffettdan taşqari, L'Oreal egasi Fransuaza Betankur-Mayyers, Oracle hammuassisi Larri Ellison, Reliance Industires egasi va Osiyoning eng boy kişisi Mukeş Ambani hamda Google hammuassisi Sergey Brinni ortda qoldirdi.
Uşbu haftada Baffett 2,9 mlrd dollar mablağini xayriyaga sarflagani sababli uning boyligi kamaydi. 89 yoşli Baffett 2006 yildan buyon 37 mlrd dollardan ortiq pulni xayriyaga sarflagan.
Ilon Mask ötgan haftada Los-Anjyelesdagi törtta uyini sotişga qaror qildi. U avvalroq şaxsiy uyga ega bölmaslikka ahd qilganini aytgandi.












